18:44 / 26.09.2015
5781

Manba: Rossiya, Suriya, Iroq va Eron IShIDga qarshi kurash doirasida axborot markazi tashkil qildi

Rossiya, Suriya, Iroq va Eron IShID jangarilarining harakatlari to‘g‘risida o‘zaro aloqada bo‘lib turish uchun axborot markazi tashkil qilgan. Bu haqda o‘z manbasiga asoslangan holda "RIA" Novosti xabar bergan.

"Rossiya Federatsiyasi, Suriya Arab respublikasi, Iroq respublikasi va Eron Islom respublikasi vakillari ishtirokida Bag‘dodda IShIDga qarshi kurash doirasida axborot markazi tashkil etilgan", deyiladi xabarda.

Ushbu markaz xodimlari ma'lumotlar yig‘ish, ularni tahlil qilish va natijalarni tezkor ravishda ko‘rsatilgan davlatlarning bosh shtablariga jo‘natish bilan shug‘ullanishadi.

Qayd etilishicha, ushbu markazni Rossiya, Suriya, Eron va Iroq davlatlari vakillari 3 oylik muddat bilan navbatma-navbat boshqarib borishadi.

Top