22:13 / 26.09.2015
3568

Messi “Las-Palmas”ga qarshi uchrashuvda olgan jarohati tufayli 7-8 hafta o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya Primerasi 6-turidan o‘rin olgan “Las-Palmas”ga qarshi uchrashuvda tizza payidan jarohat oldi va uchrashuvning 10-daqiqasida almashtirildi. Kataloniya klubi rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, Messining tiklanishi uchun 7-8 hafta talab etiladi.

Messi ushbu mavsumda o‘ynalgan barcha 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta to‘p (1 ta penaltidan) urib, 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Top