10:27 / 26.09.2015
5758

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Pan Gi Mun bilan uchrashdi

2015-yilning 25 sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi bosh qarorhogida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va BMT hamkorligining istiqbolli yo‘nalishlari, Bosh Assambleyaning yubiley 70-sessiyasi kun tartibidagi masalalar hamda 2016-2030-yillar uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari to‘g‘risidagi umumlashtirilgan ma'ruzasining taqdim etilgan loyihasiga O‘zbekiston tomonining bildirgan takliflari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonga, jumladan Orolbo‘yiga bir necha bor tashrif buyurgan Pan Gi Mun Orol dengizi ekologik falokatining salbiy oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha mamlakatimizning sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Top