10:31 / 26.09.2015
2760

O‘zbekiston TIV Singapurga yo‘l olayotgan o‘zbekistonliklarni ekologik xavfdan ogohlantirdi

O‘zbekiston Respublikasining Singapurdagi Elchixonasi ma'lumotlariga binoan, 2015 yil 25 sentabr holatiga ko‘ra Singapurda havoning yong‘in tufayli ifloslanishi joriy yil kuzatuv davrida rekord daraja – “PSI” (“Pollutant Standards Index”) shkalasi bo‘yicha 324 punktga yetdi.

100 balldan yuqori ifloslanish inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Mahalliy meteorologiya xizmatlari kuchli tutun holati uzoq muddat saqlanib qolishi mumkinligini aytmoqdalar. Havoning ifloslanishiga Indoneziyaning Sumatra va Kalimantan orollaridagi o‘rmon yong‘inlari sabab bo‘lgani xabar qilinmoqda.

Shu sababli Singapurga yo‘l olayotgan O‘zbekiston fuqarolariga ushbu mamlakatda kuzatilayotgan noqulay ekologik holatni inobatga olishlari tavsiya etiladi.

 

Singapurda havoning kuchli ifloslanganligi kuzatildi>>

Top