15:34 / 26.09.2015
3231

O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy elektr energiya tizimini kengaytirish va modernizatsiya qilish ishlari 2019 yilda yakunlanadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy elektr energiya tizimini kengaytirish va modernizatsiya qilish uchun 150 mln dollarlik kredit ajratishni ma'qulladi.

Mazkur loyihaga OTB mablag‘laridan tashqari O‘zbekiston hukumati va “O‘zbekenergo” kompaniyasi 105 mln dollar ajratadi. Loyihada Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida 364 kmlik elektr uzatish liniyasi va uchta podstansiya qurilishi ko‘zda tutilgan.

Kredit elektr energiya uzatish tarmog‘ining o‘tkazish qobiliyati va ishonchliligini oshirish, yo‘qotishlarni kamaytirish va energiya samaradorlikni oshirishga yordam beradi.

Jahon AA xabariga ko‘ra, loyiha 2019 yilning oxirida yakunlanadi.

Top