00:12 / 27.09.2015
4140

“Chelsi” “Nyukasl”dan o‘yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganda 2 to‘p farqi bilan yutqazib turib, mag‘lubiyatga uchrashdan qutulib qoldi

Angliya Premer-ligasining 7-turida “Nyukasl” va “Chelsi” klublari durang natija qayd qilishdi. Uchrashuv Nyukasl-apon-Tayn shahrida “Sent-Djyeyms Park — Sports Direkt Arena” stadionida bo‘lib o‘tdi va 2:2 hisobida yakunlandi.

42-daqiqada Ayos Peres mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 60-daqiqada Jorjino Veynaldum “hakka”larning ustunligini 2 to‘pga oshirdi. 79-daqiqada londonliklar futbolchisi Ramires bitta javob to‘pini kirita oldi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 4 daqiqa qolganda Villian hisobni durang ko‘rinishga keltirdi.

Ayni paytda “Chelsi” musobaqa jadvalida 8 ochko bilan 15-o‘rinda ketmoqda, 3 ochko to‘plagan “Nyukasl” esa 19-o‘rinni egallamoqda.

Angliya Premer-ligasi. 7-tur
Nyukasl Yunayted (Nyukasl-apon-Tayn) – Chelsi (London) – 2:2
Gollar: Peres, 42 (1:0); Veynaldum, 60 (2:0); Ramires, 79 (2:1); Villian, 86 (2:2).

Top