08:05 / 27.09.2015
3002

26 sentabr APL tarixidagi eng samarali kunlar o‘ntaligiga kirdi

APL tashkil topgan 1991 yildan buyon haftaning shanba kunlari o‘tkazilgan o‘yinlarda 34tadan ortiq gol urilishi faqat 9 marta kuzatilgandi.

2015 yilning 26 sentabr kunida o‘tkazilgan 8ta o‘yinda jami 35ta gol urildi va bu kuni APLning eng samarali kunlari o‘ntaligidan joy oldi. Kecha o‘tkazilgan bahslarda "Arsenal" "Lester"ni 5:2, "Liverpul" "Aston Villa"ni 3:2, "Tottenxem" "Manchester Siti"ni 4:1 hisoblarida yengib, turning eng yirik hisoblarini qayd etishdi.

Bu boradagi rekord esa 1993 yilning 8 may kunida o‘rnatilgan, o‘sha kuni o‘tkazilgan 9 uchrashuvda darvozalarga 47 marta to‘p kiritilgandi.

.

Top