09:19 / 27.09.2015
3409

Hasan Ruhoniy: BMT haj ziyoratchilarining halok bo‘lishini tergov qilishda Saudiya Arabistoniga bosim o‘tkazishi kerak

BMT Mino vodiysida haj ziyoratchilarining halok bo‘lishini tergov qilishda hamkorlik qilish masalasi bo‘yicha Saudiya Arabistoniga ta'sir ko‘rsatishi kerak. Bu haqda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Nyu-Yorkda BMT bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashuvi davomida aytib o‘tdi.

“BMT Ar-Riyod haj davomida Makka yaqinidagi Mino vodiysida sodir bo‘lgan fojiani tergov qilishda musulmon davlatlari, jumladan Eron bilan yaqindan hamkorlik qilishi uchun Saudiya Arabistoniga bosim o‘tkazishi kerak”, deb Eron prezidenti aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi IRNA axborot agentligi.

“Afsuski, Saudiya Arabistoni hukumati bedarak yo‘qolganlar taqdiri va halok bo‘lganlar jasadlarini topshirish, jabrlanganlarga yordam berish masalalarini hal qilishda boshqa davlatlar bilan yetarlicha darajada hamkorlik qilmayapti. Shu munosabat bilan, BMT bosh kotibi Ar-Riyodga uning gumanitar va huquqiy majburiyatlarini eslatib qo‘yishi juda muhimdir”, deb ta'kidlab o‘tdi Ruhoniy Pan Gi Mun bilan suhbati davomida.

Top