08:21 / 27.09.2015
3399

Joze Mourino: Birinchi taymda biz 10ta gol o‘tkazib yuborishimiz ham mumkin edi

"Chelsi" jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino APLning 7-turida "Nyukasl"ga qarshi o‘tkazilgan o‘yindan (2:2) keyin jurnalistlar bilan gaplashdi.

"Biz bu o‘yinda 1 ochko ishlab oldik. Bu mag‘lubiyatdan ko‘ra yaxshiroq. Lekin men faqat 3 ochkoga xursand bo‘laman.

Birinchi taymda 0:10 hisobida yutqazishimiz ham mumkin edi. Lekin raqib faqat bitta gol ura oldi. Ikkinchi taymda o‘yinimiz yaxshilandi, Ramires va Villian o‘yinga yaxshi qo‘shilib ketib, vaziyatni nazorat qila boshlashdi. Raqib ularga qarshilik ko‘rsata olmay qoldi.

Hakam esa o‘yinda ko‘p vaqt cho‘zilishlarga yo‘l qo‘yib berdi.

Men fuibolchilarning birinchi taymda juda yomon o‘ynagani sababini tushuna olmayapman. Biz birinchi taymda juda yomon ahvolda ko‘rindik.

Albatta, bu o‘yinda bizga Kostaning yordami yetishmadi", deydi portugaliyalik murabbiy.

Top