22:21 / 27.09.2015
3171

Kurdiston ishchi partiyasi 75 nafar turk harbiysining o‘limi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

Kurdiston ishchi partiyasining (KIP) harbiylashtirilgan qanoti 75 nafar turk harbiysining qotilligi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda 27 sentabrda Iroqning “As-Sumariya” telekanali ma'lum qildi.

KIP jangovor tuzilmalarining rasmiy vakili Baxtiyor Dogan “ular bir necha soat davomida Iroq chegarasiga tutash Shirnak viloyatida Turkiya armiyasi va politsiyasiga qarshi bir nechta operatsiya o‘tkazgan” deb aytdi. Doganning aytishicha, KIP jangarilari “katta miqdorda qurol-aslaha va o‘q-dorilar qo‘lga kiritgan”

Turkiya Mudofaa vazirligi vaqti-vaqti bilan Iroq bilan chegaralarida KIPga qarshi aksilterrorchilik operatsiyalarida ishtirok etgan harbiylarning o‘limi haqida ma'lumot beradi. Biroq hozirgacha bosh shtab qisqa vaqt davomida turk askarlari orasida bunday katta miqdorda yo‘qotishlar haqida ma'lumotlar bermagan.

Iyul oyi o‘rtalarida Turkiya armiyasi kurdlarga qarshi mamlakat hududi va Iroq shimolida bir nechta operatsiyalar o‘tkazgan. Bunga javoban KIP faol jangovor harakatlarni boshlagan va deyarli har kuni harbiy va politsiyachilarga bir nechtadan hujum uyushtirgan.

Top