22:13 / 27.09.2015
3308

OAV: Tojikiston islom partiyasi rahbariyati jinoiy uyushma tashkil etishda ayblanmoqda

Tojikiston bosh prokuraturasi Tojikiston Islom tiklanishi partiyasi (TITP) rahbariyatiga jinoiy uyushma yaratish bo‘yicha ayblov qo‘ydi. Bu haqda mahalliy OAVlar ma'lum qildi.

OAVlar ma'lumotlariga ko‘ra, TITPning 13 faoli, jumladan partiyaning butun siyosiy kengashi Tojikiston maxsus xizmatlari tomonidan 16-17 sentabr kuni isyonkor general Abduhalim Nazarzoda bilan aloqadorlikda gumon qilinib qo‘lga olingan. 10 kun o‘tgach qo‘lga olinganlarga jinoiy uyushma tashkil etish bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Bu jinoyat uchun 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish ko‘zda tutilgan.

Top