21:25 / 27.09.2015
6090

Putin Vashington va Suriyaga qo‘shni davlatlarga “IShID”ga qarshi hamkorlik qilishni taklif qilgan

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya, Iordaniya va Saudiya Arabistoniga “IShID” terrorchilik guruhiga qarshi kurash uchun muvofiqlashtiruvchi tuzilmani yaratishni taklif qilgan, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

“Shu munosabat bilan biz mintaqadagi davlatlarga hamkorlikni taklif qilmoqdamiz, biz muvofiqlashtiruvchi tuzilmani yaratishga harakat qilmoqdamiz. Men shaxsan bu haqda Turkiya prezidenti, Iordaniya, Saudiya Arabistoni qirollariga xabar berganman. Biz bu haqda AQShni ham xabardor etganmiz va janob Kerri bizning tashqi ishlar vazirimiz janob Lavrov bilan bu borada batafsil suhbat o‘tkazgan. Harbiylarimiz ham o‘zaro bu mavzuni muhokama qilishmoqda”, deb aytdi Putin AQSh televideniyesiga bergan intervyusida.

Putin “terrorchilarga qarshi birgalikdagi harakatlar uchun umumiy negiz” yaratish istagida ekanligini aytdi.

Putinning aytishicha, u Yaqin Sharqdagi terrorchilik haqida BMT Bosh assambleyasi davomidagi nutqida gapirib o‘tadi.

Top