06:57 / 27.09.2015
2935

Raul Kastro nochor davlatlar qarzining kechib yuborilishi va harbiy xarajatlarni qisqartirishga chaqirdi

Kuba davlat kengashi va vazirlar kengashi raisi Raul Kastro barqaror rivojlanish vazifalarini bajarish uchun o‘z zimmasiga aniq majburiyatlarni olish kerak, deb aytdi. Kuba yetakchisi bu fikrni BMTning barqaror rivojlanish bo‘yicha sammitida bildirib o‘tdi. 

Kastro bir qator rivojlangan davlatlarning “texnologiya va bilimlarga monopoliyasini bartaraf etish kerakligini” ta'kidlab o‘tdi.

“Aniq muddatlar va majburiyatlarning yo‘qligi, afsuski BMTga a'zo davlatlarga barqaror rivojlanishga erishish sohasida qo‘yilgan vazifalarni bajarishga imkon bermaydi. O‘z majburiyatlarini konkretlashtirish va nochor davlatlar bir necha bor qarzlarini to‘laganlarini hisobga olib qarzdorlik muammosini tartibga solish kerak”, deb aytdi Kastro.    

Kastroning aytishicha, hozirda harbiy xarajatlar 1,7 trln dollardan ko‘proqni tashkil qilmoqda va uning o‘sishini to‘xtatish kerak. “Agar harbiy xarajatlar o‘sishi to‘xtatilmasa, biz sayyoramizda mustahkam tinchlik va barqarorlikka erisha olmaymiz”, deb aytdi Kastro.

Avvalroq Kuba yetakchisi Raul Kastro birinchi marta Nyu-Yorkka BMT Bosh assambleyasida ishtirok etgani kelgani ma'lum qilingandi.

Top