19:36 / 27.09.2015
5848

Rim papasining qaynonalar haqidagi hazili amerikaliklarda kulgu uyg‘otdi

22 sentabrdan beri AQShda safarda bo‘lgan Rim papasi Frantsisk Filadelfiya shahri aholisi bilan uchrashganida jiddiy mavzu – oilalardagi muammolarni muhokama qilib turib orada qaynonalar haqida hazillashib o‘tdi.

“Oilalardagi janjallar turli sabablar tufayli ro‘y beradi. Misol uchun, bolalar ota-onalariga ko‘plab bosh og‘riqlar yaratadilar. Qaynonalar haqida gapirmasa ham bo‘ladi”, deb aytdi Rim papasi.

Pontifikning bu hazili ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib ketdi.
“Men bu hazilni rafiqam har kuni eshitishi uchun yozib olishim kerak. Bu Frantsiskning ajoyib nutqi bo‘ldi!, deb aytib o‘tdi foydalanuvchilardan biri.
Qayd etish joizki, bu holat Rim papasi qaynonalar borasida hazillashayotgan birinchi holat emas.

2014 yilda pontifik oila haqida gapira turib shunday luqma tashlagan edi: “Hammamizga ayon, benuqson oilalar bo‘lmaydi. Shuningdek, ideal er va ideal rafiqalar ham bo‘lmaydi. Keling, qaynonalar haqida umuman gapirmay qo‘ya qolaylik”, deb hazillashib o‘tgan edi.
O‘shanda pontifikning bu gapi tomoshabinlarning kulgusiga sabab bo‘lgan edi.

Top