12:34 / 27.09.2015
3498

Ronaldu "Real" tarkibidagi o‘yinda ilk marta darvozaga bergan 14 zarbasining birontasini golga aylantira olmadi

"Real" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Malaga"ga qarshi o‘yinda ham gol ura olmadi. Bu o‘yinda hisob ochilmay qoldi.

30 yoshli futbolchi ushbu o‘yinda to‘liq harakat qildi va raqib darvozasiga tomon 14 marta aniq zarba yo‘lladi, lekin uning zarbalari golga aylanmadi.

Bundan oldin u madridliklar safida o‘tkazgan o‘yinlarida 14ta urinishidan kamida bitta gol urib kelar edi.

Ma'lumot uchun, Krishtianu Ronaldu La-liganing joriy mavsumidagi atigi bitta o‘yinda, "Espanol"ga qarshi uchrashuvda gol ura oldi (5ta gol).

Top