11:55 / 27.09.2015
2938

San-Pauludagi futbol o‘yingohida kambag‘allar uchun ommaviy nikoh marosimi o‘tkazildi

Braziliyaning San-Paulu shahridagi futbol o‘yingohida kambag‘allarning to‘yi o‘tkazib berildi. Bu marosimda 400 juftlik nikohdan o‘tdi. Bu haqda "Russkaya slujba novostey" xabar bergan.

Tashkilotchilarning ma'lum qilishicha, bu marosimda ancha yillardan buyon birga yashab kelgan va hatto farzand ko‘rishga ulgurgan yoshlar ham ishtirok etishgan.

Bunday ommaviy nikoh marosimlari Braziliyada 9 yildan buyon an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.

Bu imtiyozdan foydalanishning asosiy sharti bu oilaning oylik daromadi kamida 1000 dollarligi uchun kafolat bo‘lishi kerak. O‘z navbatida bu imtiyozdan foydalanish uchun juftliklardan pul talab qilinmaydi va ularga marosim yakunida nikohdan o‘tganlik to‘g‘risida shahodatnoma beriladi.

Bunday marosimlar bundan oldin 8 marta mamlakatning turli shaharlarida tashkil qilingan. O‘tgan yili bunday marosim Rio-de-Janeyro shahridagi "Marakanazinyu" maydonida o‘tkazilgandi va unda 2 mingga yaqin juftlik oila qurgandi. Shuningdek, o‘yingohga yoshlarning qarindoshlari bo‘lgan 12 ming atrofidagi kishi tashrif buyurgan.

Top