21:43 / 27.09.2015
4046

Saudiya Arabistoni hukumati mamlakatni tark etuvchi hojilarga 2 mln ta Qur'on nusxasini ulashadi

Saudiya Arabistoni hukumati joriy yilda haj safaridan keyin mamlakatni tark etuvchi hojilarga 2 mln ta Qur'on nusxasini ulashadi. Bu haqda Saudiya Arabistonining islom ishlari bo‘yicha vazirligi ma'lum qildi.

“Vazirlik bu yili 2 mln ga yaqin Qur'oni Karimning nusxasini tarqatadi”, deb aytdi esdalik sovg‘alarini berish qo‘mitasi rahbari shayh Talol ibn Ahmad al-Oqil. Uning aytishicha, Qur'on nusxalari Jidda yaqinidagi qirol Abdulaziz nomidagi xalqaro aeroportda, shaharning dengiz bandargohida hamda mamlakatning bir qator tumanlarida quruqlikdagi chegaradan o‘tish joylarida tarqatiladi.

Umumiy hisobda qirollik hududida sovg‘alar beriladigan 50 ta punkt tashkil etilgan. Bu ishni mingdan ko‘proq odam amalga oshiradi. Ularning vazifasi mamlakatni tark etayotgan birorta ham hoji sovg‘asiz qolmasligini kuzatishdan iborat bo‘ladi.

Saudiya Arabistonining islom ishlari bo‘yicha vazirligining ma'lum qilishicha, Qur'on 13 tilga, jumladan ruschaga tarjima qilinadi. Matnlarga izohlar beriladi.

Top