15:50 / 28.09.2015
3059

“Xabbl” Haykaltarosh yulduzlar turkumida galaktika “qora yuragi”ni suratga oldi

"Xabbl" orbital observatoriyasi Haykaltarosh yulduzlar turkumida NGC 613 galaktikasining suratlarini olishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu galaktika bizning galaktikdaan 67 mln yorug‘lik yili uzoqlikda bo‘lib, uning yorqin markazi “qora yuragi” – 32 mln Quyosh massasiga ega ulkan qora tuynukni berkitib turadi. Bu haqda teleskop sayti xabar berdi.

NGC 613 galaktikasi, 1798 yilda britaniyalik astronom Uilyam Gershel tomonidan ochilgan edi. U Haykaltarosh guruhiga kiruvchi kichik “yulduz megapolislari” sirasiga kiradi, Haykaltarosh guruhi deganda, o‘z navbatida, olimlar, galaktikamizga eng yaqin joylashgan shu nomli yulduzlar turkumidagi galaktikalar oilasini tushunadi.
Galaktikaning olimlarda qiziqish uyg‘otayotgan tomoni shundaki, uning markazida, vodorod bulutlari ionizatsiyasi hamda yulduzlar harakati tezligiga qaraganda, ulkan yuqori massali qora tuynuk joylashgan. U optik diapazonda ko‘rinmaydi, ammo radiodiapazonda osonlikcha payqaladi.

Top