17:05 / 28.09.2015
5854

Avstraliyada qirg‘oqning bir qismi suv ostiga ketdi

Avstraliyada kemping o‘rnida yer o‘pirilishi oqibatida qirg‘oqning bir qismi suv ostiga ketdi. Bu haqda Stuff.co sayti xabar berdi.

Voqea joyida 100 m li girdob hosil bo‘ldi. 140 nafar turist evakuatsiya qilindi, ulardan hech qaysi biriga zarar yetmadi.
Guvohlarning aytishicha, qirg‘oqda dastlab 3 m li girdob hosil bo‘lib, so‘ng bir necha soniya ichida kengayib ketgan.

Top