11:09 / 28.09.2015
12888

Avtobor.uz portali – O‘zbekistondagi avtomobil egalari uchun

3 oy ichida portal, avtomobili sotmoqchi, sotib olmoqchi yoki ijaraga olmoqchi shaxslarga haqiqiy yordamchi bo‘lib qoldi.

Sentyabr oyida avtobor.uz (http://avtobor.uz) yagona O‘zbekiston avtoportali birinchi katta ahamiyatga ega sanani, ochilganiga uch oy to‘lganini nishonladi. Ushbu 3 oy ichida portal, transport vositasini sotmoqchi, sotib olmoqchi yoki ijaraga olmoqchi shaxslarga haqiqiy yordamchiga aylandi.

E'lonlar bazasida foydalanuvchining deyarli barcha istaganlari, o‘zimizda va chet elda ishlab chiqarilgan avtoulovlar, yangi yoki bir oz ishlatilgan avtoulovlar, yengil va tijorat uchun transport vositalar, “temir tulpor” ta'riflari va suratlari mavjud.

Qulay qidiruv tizimi uyingizni tark etmasdan har qanday transport vositasini unchalik katta bo‘lmagan skuterdan boshlab to yuk avtoulovigacha va avtobusdan maxsus texnikagacha sotib olish yoki sotish imkoniyatini beradi. Dam olish kunlari mashina bozorlariga borish, avtosalonlarda navbat kutish, gazetalarda va ustunlarda e'lonlar berish kabi hollar orqada qoldi. (http://avtobor.uz/users/register/) saytida hoziroq ro‘yxatdan o‘tsangiz sizning avtoulovingiz to‘g‘risida o‘sha zahoti O‘zbekistonning barcha shaharlarida bilib olishadi.

Bizning platformamiz nimasi bilan qulay? Saytning bir qator afzalliklari bor, ular sizga orzuingizdagi avtoulovni foyda bilan sotishga yoki sotib olishga yordam beradi.

Xaridorlar va ijarachilarga avtoportalni qulayligi

Xilma-xillik. Avtoportal bazasida – yangi va ishlatilgan mototsikllar, yengil avtoulovlar, tijorat uchun transport vositalar, mahsus texnikalar, avtobuslar xarid qilish, sotish, ijaraga berish to‘g‘risida yuzlab e'lonlar to‘plangan. Siz albatta o‘zingizga keraklisini topasiz!

Uyni tark etmasdan. Endi avtobozorlarni aylanish va e'lonli gazetalarni sotib olishning keragi yo‘q. Saytga kirib, kerakli parametrlarni terish va eng qiziqarli takliflarni tanlash kerak xolos.

Tez. Qulay qidiruv tufayli siz nafaqat kerakli rusumni tanlashingiz mumkin, balki transportning modeli, kuzovi, yurib o‘tgan masofasi, rangi, dvigatel turi va yana o‘ntacha ko‘rsatkichlari bo‘yicha ajratishingiz mumkin. Bu esa bozorda qidirish va e'lonlar bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilib, ovora bo‘lishdan ko‘ra ancha osonroq.

Ko‘rkam. Siz birdan, bir necha e'lonlarni ochib, ushbu e'lonlardagi avtoulovlar texnik ta'rifini, narxini va bosib o‘tgan masofa qanchaligini solishtirsangiz bo‘ladi. Bir necha ilovalarni ochib, yumshoq kursida o‘tirish, bozorda avtoulovlar va ularning egalari orasida yugurib yurishdan ko‘ra yaxshiroq, albatta.

Avtoxabarlar. Blogda muntazam ravishda foydali axborotlar: O‘zbekiston avtoulov havaskorlariga mutaxassislar maslahatlari, avtosalonlar va Sirg‘ali avtobozorida avtoulovlarning hozirgi kundagi narxlari, yangiliklar va qiziqarli faktlar jamlanmasi.

Sotuvchilar va ijaraga beruvchilar uchun avtoportal qulayliklari

Qulay. E'lonni, barcha ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi joylashtirishi mumkin. Bu jarayon bir necha daqiqa davom etadi. Fotosuratni osongina yuklang, taklif etilgan texnik xarakteristikalardan to‘g‘ri keladiganini tanlang va unga o‘zingizdan bir necha so‘z qo‘shing.

Oson. Saytda joylashtirilgan profilingiz va e'lonlaringizni boshqarishingiz soddalashtirilgan bo‘lib, katta miqdordagi bo‘lg‘usi xaridorlarni jalb etishga yo‘l ochib beradi.

Butun O‘zbekiston bo‘ylab. Saytda barcha shaharlardagi avtoulov egalari ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. E'lonni joylashtiring va bir soat o‘tar-o‘tmas u to‘g‘risida mamlakatning barcha burchaklarida bilib olishadi.

Batafsil. Siz avtoulovning nafaqat barcha ta'riflarini aytib berishingiz mumkin (e'londa 30dan ko‘proq bo‘lgan ko‘rsatkichlarni qayd qilishingiz mumkin), balki har taraflama olingan fotosuratlarni yuklab olshingiz mumkin.

Qiymati. E'londa siz kelishiladigan yoki turg‘un qiymatni belgilanishingiz mumkin. Bu vaqtingizni tejashga yordam beradi: sizga faqat e'loningiz bilan qiziqib qolgan shaxslar qong‘iroq qilishadi.

Texnik qo‘llab-quvvatlash. Bizning avtoulovlar bo‘yicha mutaxassislar va vebustalarimiz saytimiz va unda e'lonlarni joylashtirish bo‘yicha savollar to‘g‘risida javob berishdan xursand bo‘lishadi. Agar sizda muammo paydo bo‘lsa, unda siz telefon, elektron quticha, ijtimoiy tarmoqlar orqali biz bilan aloqaga chiqishingiz mumkin.

Demak, agar siz Toshkentda, Samarqandda, Andijonda yoki O‘zbekistonning boshqa shaharlarida avtoulovni xarid qilishni, sotishni yoki ijaraga olishni istayotgan bo‘lsangiz, biz sizga yordam berishga tayyormiz. Avtobor.uz portali – qulay platforma bo‘lib, bu erda avtoulovlarga qiziqqan shaxslar uchrashishadi. Biz esa – sayt komandasi ushbu uchrashuv ikkala tarafga ham yoqimli va samarali bo‘lishini ta'minlashga va'da beramiz.

Sinab ko‘rishga tayormisiz? Bizga qo‘shiling!

Top