17:16 / 28.09.2015
2837

Hindiston tarixida birinchi marta o‘z observatoriyasini fazoga uchirdi

Hindiston multidiapazonli Astrosat kosmik observatoriyasini muvaffaqiyatli ravishda fazoga uchirdi. Bu haqda The Times of India nashri xabar bermoqda.

Aytilishicha, ushbu observatoriya koinotni ultrabinafsha va rentgen nurlarida ko‘rish imkoniyatini beradi.

1.5 tonnali apparat 650 km balandlikdagi ekvatorial orbitaga chiqarilgan. U Hindistonning PSLV-C30 tashuvchi raketasi yordamida uchirildi. Teleskop bilan birgalikda fazoga Kanada, Indoneziya va AQShning 6 sun'iy yo‘ldoshi chiqarildi.

Top