16:50 / 28.09.2015
2538

Issiqko‘lda yashovchi ayol o‘z chaqalog‘ini Rossiya fuqarosiga 50 ming so‘m evaziga sotgani aniqlandi

Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati prokuraturasi mahalliy tug‘ruqxonalardan birida chaqaloqlarning sotilishi bo‘yicha jinoiy ish ochdi. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, qirg‘izistonlik fuqaro yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini tug‘ruqxona xodimlari bilan kelishgan holda Rossiya fuqarosiga 50 ming qirg‘iz so‘mida sotgan. Tug‘ruqxona shifokorlari esa mazkur chaqaloq bo‘yicha qalbaki hujjatlarni tayyorlab bergan.

Hozirgi vaqtda mazkur jinoiy ish yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Top