08:46 / 28.09.2015
2642

Kemeron: Buyuk Britaniya ekologik muammolarni hal qilishga 8.8 mlrd dollar yo‘naltiradi

Buyuk Britaniya hukumati ekologik muammolar bilan shug‘ullanuvchi iqlimiy tadqiqotlar Xalqaro fondiga 5.8 mlrd funt sterling yoki 8.8 mlrd dollar yo‘naltiradi. Bu haqda 27 sentabr kuni mamlakat bosh vaziri Devid Kemeron tarqatgan bayonotda aytildi.

Aytilishicha, ushbu mablag‘ 2021 yil martiga qadar ajratib boriladi. Bayonotda ta'kidlanishicha, bu mablag‘lar hisobiga jahondagi eng dolzarb ekologik muammolar yechimlari ustida ish olib boriladi.

Buyuk Britaniyaning ushbu sohaga ajratayotgan mablag‘i miqdori bu davr ichida ikki barobarga ko‘payishi aytilmoqda.

Top