00:59 / 28.09.2015
3761

Lavrov: Rossiya Iroq va Suriyani hech qanday siyosiy shartlarsiz texnika bilan ta'minlamoqda

Rossiya Iroq va Suriyaga harbiy texnika yetkazib berish masalasida hech qanday siyosiy shartlarsiz ko‘mak bermoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

“Biz hamkorlarimizni harbiy texnikaning zamonaviy namunalari bilan ta'minlagan holda Suriya hukumati, Iroq hukumatiga faol ko‘mak bermoqdamiz va boshqa qurol-aslaha yetkazib beruvchilarga o‘xshab hech qanday siyosiy shartlar qo‘ymayapmiz”, deb aytdi Lavrov.

Top