21:45 / 28.09.2015
8206

MAGATE: O‘zbekiston yuqori boyitilgan urandan butunlay xalos bo‘ldi

O‘zbekiston yuqori boyitilgan uranni o‘z hududidan chiqarib yubordi. Bu haqda 28 sentabr kuni Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) xabar beradi.

Yoqilg‘i Toshkentdagi tadqiqot reaktoridan Rossiyanining yadorli yoqilg‘ilarini qayta ishlash “Mayak” ishlab chiqarish birlashmasiga jo‘natildi.

Bu holat yadro qurollari tarqalib ketmasligi uchun amalga oshirildi. 2004 yilda AQSh va Rossiya o‘rtasida kelishilgan kelishuvga muvofiq 14ta davlatdan yuqori boyitilgan uranlar yig‘ishtirib olinmoqda. Hozirga qadar 10ta davlat to‘liq holda yuqori boyitilgan urandan tozalandi.

Top