15:28 / 28.09.2015
3181

NASA “Eng yaxshi qizil Oy” fotosuratlari tanlovini e'lon qildi

Amerika aerokosmik tadqiqotlar agentligi 28 sentabrga o‘tar tunda olingan “qizil super Oy” fotosuratlar tanlovini e'lon qildi, g‘olib tasvir NASA saytining bosh sahifasidan o‘rin oladi, deya xabar berdi agentlik matbuot xizmati.

Buning uchun havaskorlardan olgan suratini NASAning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga joylashtirishi talab qilinadi.

Bu yerda sayt uchun maxsus baholash tizimi ishga tushirildi. Tanlov qoidasiga ko‘ra, har bir foydalanuvchi bitta suratni joylashtirishi va bir marotaba ovoz berishi mumkin.

Super Oy, bu – Yer va Oyning maksimal yaqinlashish vaqti bo‘lib, bu paytda Oy odatdagidan 14 foizga yirikroq ko‘rinadi. Shu kunning o‘zidayoq Yer Quyosh va Oy o‘rtasidan o‘tadi, buning natijasida oy tutilishi ham kuzatildi.

Eng oxirgi marta bunday hodisa 33 yil muqaddam, 1982 yilda ro‘y bergan bo‘lsa, navbatdagisi 2033 yilda ko‘zga tashlanadi.

Top