10:54 / 28.09.2015
3164

Nazarboyev BMT davlatlariga mudofaa byudjyetining 1 foizini barqaror rivojlanishga ajratishni taklif qildi

Qozog‘iston BMT davlatlariga mudofaa byudjyetining 1 foizini barqaror rivojlanishga ajratishni taklif qildi. Bu haqda mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan barqaror rivojlanish sammitidagi chiqishida aytib o‘tdi.

“Men yana bir bora har bir davlat tomonidan mudofaa byudjyetining 1 foizini barqaror rivojlanish bo‘yicha BMT maxsus fondiga ajratishni taklif qilaman”, - dedi u.
“XXI asrda davlatlarning omadliligini qurol-yarog‘ arsenali emas, ilg‘or g‘oyalar yaratish, maftunkor obektlar barpo etish qobiliyati belgilab beradi”, - qo‘shimcha qildi Nazarboyev.

Top