Kun sayin yo‘q bo‘lib borayotgan Orol dengizi muammosi nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasiga, balki butun dunyoga tahdid solishi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan barqaror rivojlanish sammitidagi chiqishida aytib o‘tdi.
“Markaziy Osiyo davlatlari aytib o‘tilgan ekologik muammolarga qarshi kurashishda jiddiy yordam berilishini kutmoqda”, - dedi u.
Shuningdek, Nazarboyev Qozog‘istonda ekologiyani asrash borasida choralar ko‘rilayotganini, jumladan, gaz va chiqindilar chiqarilishini kamaytirish, bioxilma-xillikni saqlash borasida ishlar olib borilayotganini ta'kidladi.