23:13 / 28.09.2015
7366

Putin “IShID”ga qarshi antigitler koalitsiyasiga o‘xshash koalitsiyani yaratishni taklif qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin terrorchilikka qarshi xalqaro koalitsiyani tashkil etishni taklif qildi.

“Biz antigitler koalitsiyasiga o‘xshash xalqaro aksilterrorchilik koalitsiyasini yaratishni taklif qilamiz”, deb aytdi Putin.

Putinning fikricha, musulmon davlatlari koalitsiyaning asosiy ishtirokchilari bo‘lishi mumkin.

“IShID” o‘zining vahshiy jinoyatlari bilan islomni tahqirlamoqda. Aldanib, terrorchilar safiga tushib qolganlarga normal hayotga qaytish uchun yordam berish kerak”, deb aytdi Rossiya prezidenti.

Putin Rossiya Yaqin Sharqdagi xavflarni har tomonlama tahlil qilish uchun vazirlar yig‘ilishini chaqirishini aytdi.

“IShID”ga qarshi kurashni muvofiqlashtirish yaratilganda qochqinlar uchun lagerlar qurishga hojat qolmaydi”, deb aytdi Putin.

Top