10:47 / 28.09.2015
13667

Putin: Biz hammasini bilamiz

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada bo‘lib o‘tgan to‘polonlar hamda ushbu mamlakat sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni hokimiyatdan ketkazishda AQShning qo‘li borligini “aniq biladi”. Bu haqda u amerikalik jurnalist Charli Rouzga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Charli Rouzning u bilan CBS va PBS telekanallari uchun o‘tkazgan intervyusining stenogrammasi Kreml matbuot xizmati tomonidan e'lon qilindi.
Putinning ta'kidlashicha, bu haqda Rossiya bilan “minglab aloqalari va munosabati” mavjud bo‘lgan ukrainaliklar xabar bergan.

“Biz Yanukovichni ag‘dargan odamlar bilan kim ishlagan, qachon va qayerda uchrashgan, ularni qanday qo‘llab-quvvatlagan, qancha to‘lagan, qanday va qaysi hududlarda va mamlakatlarda tayyorlagan, bu instruktorlar kim bo‘lgan, hammasini bilamiz. Biz hammasini bilamiz. Ochig‘ini aytganda, amerikalik hamkorlarimiz buni yashirmaydi ham”, - dedi u.

Top