09:10 / 28.09.2015
9955

Putin: KGBning sobiq xodimlari bo‘lmaydi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “KGBning sobiq xodimlari bo‘lmaydi” degan fikrga qo‘shildi. Charli Rouzning u bilan CBS va PBS telekanallari uchun o‘tkazgan intervyusining stenogrammasi Kreml matbuot xizmati tomonidan e'lon qilindi.

“Bilasizmi, hayotingizning birorta bosqichi siz uchun izsiz o‘tmaydi. Nima bilan shug‘ullanishingizdan qat'iy nazar, bu bilimlar, bu tajriba, ular har doim biz bilan bo‘ladi, biz ularni har doim qo‘llab boramiz. Bu jihatdan, shubhasiz, bunday fikr to‘g‘ridir”, - ta'kidladi Rossiya rahbari.

Rossiya prezidenti respublikachi siyosatchi Marko Rubio uni “gangster” deb ataganiga o‘z fikrini bildirib o‘tdi. “KGBda ishlagan ekanman, qanaqasiga gangster bo‘lishim mumkin? Bu haqiqatgi to‘g‘ri kelmaydi”, - dedi u.

Top