20:03 / 28.09.2015
4080

Putin Nyu-Yorkka BMT Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun yetib keldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Nyu-Yorkka BMT Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun yetib keldi.

“Vladimir Putinning samolyoti Nyu-York aeroportiga kelib qo‘ndi”, deyilmoqda xabarlarda.

Putin BMT Bosh assambleyasining 70-sessiyasida nutq so‘zlaydi. Bu Putinning oxirgi 10 yildagi Bosh assambleyadagi ilk nutqi bo‘ladi. Shuningdek, Putin BMT bosh kotibi Pan Gi Mun, Kuba Davlat kengashi raisi Raul Kastro, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashadi.

Putin sessiyada sakkizinchi bo‘lib nutq so‘zlaydi. Chiqishlar boshlandi. Ayni paytda minbardan turib BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun, Braziliya prezidenti Dilma Ruseff, AQSh prezidenti Barak Obama nutq so‘zladi.

Obamadan keyin so‘z Polsha prezidenti Anjyey Dudaga berildi. So‘ngra Xitoy yetakchisi Si Tszinpin, undan keyin esa Iordaniya qiroli Abdulloh II ibn Husayn so‘zga chiqadi. Keyin esa so‘z navbati Vladimir Putinga beriladi.

Top