21:36 / 28.09.2015
3586

Si Tszinpin: tinchlik yog‘dusi urush buluti orqali porlaydi

Xitoy raisi Si Tszinpin Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 70-sessiyasidagi nutqida BMTning Ikkinchi jahon urushidan keyingi ahamiyati haqida so‘zladi.

Si Tszinpin o‘zining nutqini yapon militarizmi haqidagi xotiralar bilan boshladi. U kelgusida Ikkinchi jahon urushi kabi fojialarga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. Xitoy yetakchisi urush paytida 35 mln xitoylik halok bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi.

Si Tszinpin nutqi davomida BMT tashkil etilganining 70 yillik yubileyi bilan barcha ishtirokchilarni qutladi.

“BMT vaqt bilan sinovdan o‘tgan. Yangi tarixiy sarhadlarga chiqa turib, BMT XXI asrda tinchlikka va rivojlanishga qo‘mak berishi kerak”, deb aytdi Si Tszinpin. U “Tinchlik, rivojlanish va taraqqiyot yog‘dusi urush va yo‘qotishlar buluti orqali porlaydi”, deb qo‘shimcha qilib o‘tdi.

“Xitoyda aytilganidek, dunyoni barcha uchun qurish kerak”, deb qayd qilib o‘tdi Xitoy rahbari.

Top