16:55 / 28.09.2015
2392

Tojikiston shimolida 11 ming nasha poyasi yoqib yuborildi

So‘g‘d viloyatining Bobojon G‘afurov tumani, G‘oziyon jamoatidan aniqlangan 11 ming nasha poyasi yoqib yuborildi. Bu ish Tojikiston prezidenti huzuridagi narkotik nazorati bo‘yicha agentlik viloyat boshqarmasi tomonidan “Ko‘knor-2015” tadbiri doirasida amalga oshirildi.

Idora matbuot xizmatining xabar berishicha, narkotikni yo‘q qilish jarayonida tegishli soha mutaxassislaridan iborat maxsus komissiya ishtirok etgan.

Top