18:07 / 28.09.2015
4731

Tolibon Qunduz shahar maydoniga o‘z bayrog‘ini o‘rnatdi

Tolibon harakati jangarilari Afg‘oniston shimolidagi tumanlarga hujum qilishda davom etmoqda. Bu haqda ToloNews telekanali xabar berdi.

Aytilishicha, yakshanba tunida Qunduz shahriga hujumlarni boshlagan. Ayni paytda ular shahardagi bir qancha davlat tashkilotlari binolarini egallagani aytilmoqda.
Reuters agentligining xabar qilishicha, jangarilar Qunduz markazida o‘z bayroqlarini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishgan.

To‘qnashuvlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 4 kishiga, jabrlanganlar soni 47 kishiga yetdi. Hukumat qo‘shinlari 20 nafar jangarini yo‘q qilgani aytilmoqda. Shu bilan birga, maxsus otryadning 4 nafar xodimi jarohat olgan.
Tasdiqlanmagan axborotga ko‘ra, jangarilarning harakatlari tufayli Qunduzdan BMT missiyasi ishchilari evakuatsiya qilingan.

Top