22:55 / 28.09.2015
3841

XXR raisi: Davlat boshqaruvi qo‘lisiz bozordagi ko‘rinmas qo‘l hech narsaga yaramaydi

XXR raisi Si Tszinpin BMT Bosh Assambleyasidagi chiqish paytida “bozordagi ko‘rinmas qo‘l va davlat boshqaruvida bo‘lgan ko‘rinar qo‘l” o‘rtasidagi muvozanatni topish kerakligi haqida so‘zlab o‘tdi.

Xitoy rahbari nafaqat BMT doirasida balki mamlakatlar o‘rtasida global aloqalar o‘rnatish kerakligi va iqtisodiy foydalar hamda fuqarolar turmush sharoitini yaxshilash borasidagi muvozanatni saqlash lozimligi haqida ham so‘zlab o‘tdi.

“Boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi daromadning bo‘linishi nafaqat chidab bo‘lmaydigan holat, balki nohaqlikdir”, deb ta'kidladi Si Tszinpin.

Biroz oldinroq, Xitoy rahbari tinchlik nuri faqatgina urush bulutlari tarqalgandan so‘ng chiqadi, deb alohida ta'kidlab o‘tgan xabar qilingandi. U fikriga misol sifatida, Ikkinchi jahon urushi davridagi Xitoy—Yaponiya urushini keltirib o‘tgan edi.

Top