19:49 / 28.09.2015
3430

Yamandagi to‘y chog‘ida aviazarba berilishi natijasida halok bo‘lganlar soni 75 nafarga yetdi

Yamanda xalqaro koalitsiya samolyotlari tomonidan amalga oshirilgan aviazarba to‘y bo‘lib o‘tayotgan hududga kelib tushishi natijasida halok bo‘lganlar soni 75 nafarga yetdi. Bu haqda Press TV xabar berdi.

Biroz oldinroq, ushbu fojia tufayli 28 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Ushbu voqea Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya samolyotlari tomonidan xatolik tufayli amalga oshirilgan havo hujumi tufayli ro‘y bergan.

Voqea Yamanning janubi-g‘arbida sodir bo‘lgan.

Top