19:22 / 28.09.2015
7227

Yangi “Bond”ni tasvirga olishda yo‘qotilgan mashinalar narxi rekord o‘rnatdi

Jyeyms Bond haqida olingan yangi «007: Spektr» filmida uni tasvirga olish vaqtida yo‘qotilgan avtomobillar narxi bo‘yicha rekord o‘rnatildi. Bu haqda The Daily Mail nashri franshizadagi murakkab tryuklar bo‘yicha bosh koordinator Gari Pauell bergan ma'lumotga asoslanib xabar qildi.

“Italiyada ishlash vaqtida biz qiymati bir million funt turuvchi ko‘plab mashinalarni urib pachoqladik. Vatikandagi quvishmalar sahnasida esa mashinalar soatiga 180 kilometr tezlikda harakatlandi. Biz tasvirlarni butun tun bo‘yi oldik va natijada 4 soniyalik video hosil bo‘ldi”, - dedi Pauell. Yo‘qotilgan mashinalarning umumiy qiymati 22 million funt sterlingni tashkil qildi. Kartina byudjyeti esa 200 million funtdan iborat.

Mazkur film uchun haydovchi o‘rindig‘i katapulta qilinadigan 10ta Aston Martin DB10 avtomobillari yasaldi. Ularning 7tasi filmni tasvirga olish vaqtida pachoq qilindi.

Mazkur filmning dunyo bo‘ylab namoyishi 2015 yil 26 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Top