07:36 / 28.09.2015
1985

Yaqin Sharq va Afrika davlatlaridan 100 mingdan ziyod qochqin Gretsiya orqali Makedoniyaga o‘tgan

Yaqin Sharq va Afrika davlatlaridan 100 mingdan ziyod noqonuniy muhojir Makedoniyaning Gretsiya bilan chegarasini G‘arbiy Yevropa davlatlariga borish uchun kesib o‘tgan. Bu haqda Makedoniya ichki ishlar vazirligi ma'lum qildi.

“2015 yilning 19 iyunidan 27 sentabrigacha 100,2 ming xorijiy fuqaro qayd qilingan, ulardan 66,5 mingi erkaklar, 13,5 mingi ayollar va 17 ming nafari o‘z ota-onalari bilan bo‘lgan bolalar hamda 3,2 mingi hech kimi yo‘q bolalardan iborat”, deb aytildi vazirlikda.

Makedoniya IIV ma'lumotlariga ko‘ra, noqonuniy muhojirlarning katta qismi Suriyadan kelmoqda, ularning soni 76 ming nafarni tashkil qilmoqda. Ular bilan bir qatorda 10,6 ming afg‘on, 6,2 ming iroqlik, 2,7 ming pokistonlik kelgan. Shuningdek, Bangladesh, Eron, Kamerun, Kongo, Nigeriya, Falastin, Somali, Sudan, Eritreya va Efiopiya fuqarolari ham bor.

Top