18:13 / 28.09.2015
2894

YouTube`ning reklamalarsiz pulli obunasi qachondan boshlanishi ma'lum qilindi

YouTube reklamalarsiz pulli obunani 2015 yil 22 oktbyardan boshlashi mumkin, deya xabar bermoqda AndroidAuthority kanallar egalariga ma'muriyat yuborgan maktabga asoslangan holda.

Xatda roliklar boshlanishidan oldin reklamalar chiqib kelmaydigan pulli obuna qachondan boshlanishi ma'lum qilindi.

Unda YouTube kanal egalariga foydalanish kelishuvining yangi shartlarini qabul qilishni taklif etmoqda. Agarda ular ushbu taklifni rad etishsa, ularning roliklari tomosha yoki monetizatsiya uchun yopib qo‘yiladi. Xatda, shuningdek, 22 oktabrdan saytdan foydalanishning yangi modeli ishga tushishi qayd etib o‘tilgan.

YouTube`ning pulli ko‘rinishiga ulanish qiymati oyiga 10 dollarni tashkil etadi. Mazkur obunaga YouTube Music Key musiqa xizmatiga bepul ulanish ham kiradi. Xatda aytilishicha, kanal egalari pul to‘lashdan bosh tortsa, ularning videroliklari faqatgina AQSh hududida ko‘rsatish cheklanadi. Pulli xizmat sayti ham hozircha faqat Amerika uchun mo‘ljallangan.

Top