08:52 / 29.09.2015
3001

25 oktabrdan Ukraina aviakompaniyalari Rossiya havo hududidan foydalana olmaydi

Rossiya transport vazirligi Rosaviatsiyaga Ukraina aviakompaniyalariga 25 oktabrdan boshlab ular RF havo hududidan o‘ta olmasligi to‘g‘risidagi ogohlantirish yo‘llashga ko‘rsatma berdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmatiga tayangan holda TASS agentligi xabar bermoqda.

“Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning topshirig‘iga binoan Rossiya transport vazirligi Rosaviatsiyaga Ukraina aviakompaniyalariga 25 oktabrdan boshlab ular RF havo hududidan o‘ta olmasligi to‘g‘risidagi ogohlantirish yo‘llashga ko‘rsatma berdi”, - deyiladi xabarnomada.

Bu 28 sentabr kuni Ukraina tomonidan o‘zaro kelishuvlar buzilgan holda bir tomonlama tartibda havo hududining Rossiya aviakompaniyalariga yopib qo‘yilishiga nisbatan qo‘llangan javob chorasidir.

Top