14:47 / 29.09.2015
3375

Andijonlik maktab o‘quvchilari velosipedlarda O‘zbekistonning eng yirik shaharlarini aylanib chiqishmoqda

Andijon viloyatining Bo‘z tumanida joylashgan 26-raqamli ixtisoslashtirilgan maktab-internatning o‘quvchilari o‘qituvchilar nazorati ostida O‘zbekistonning eng yirik shaharlari bo‘ylab velo-trik uyushtirib keladi. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi yozmoqda.
20 yil muqaddam tashkil qilingan o‘quv dargohiga “Do‘stlik” ordeni sovrindori Galina Tsoy boshchilik qiladi. Uning tashabbusi bilan kuzgi va yozgi ta'til chog‘ida bolalarning mamlakat bo‘ylab sayohatlari uyushtiriladi.
40-50 kishilik velosipedchilar guruhi bir necha kun davomida sayohatda ishtirok etadi. Ushbu sayohatlar davomida o‘quvchilar Buxoro, Qo‘qon, Samarqand, Xiva, Namangan, Toshkent, Farg‘ona, Marg‘ilon singari shaharlarda bo‘lishadi.
Bu aksiyani o‘tkazishdan maqsad yoshlarni mamlakat tarixiy merosi bilan tanishtirib borishdir.

Top