14:42 / 29.09.2015
16460

AQShning Toshkentdagi elchixonasi hududiga qo‘lbola yonuvchi uskuna uloqtirildi

Dushanba, 28 sentabr kuni taxminan tonggi 7:30 atrofida noma'lum shaxs tomonidan AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi hududiga qo‘lbola yonuvchi uskuna uloqtirildi. Bu haqda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Toshkentdagi elchixonasi rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Saytda qayd etilishicha, tez yonuvchi vositalardan biri portlagan. Hodisa natijasida hech kim jabr ko‘rmagan. Hozirgi vaqtda elchixonaning qat'iy izolyatsiyada emasligi ma'lum qilindi.

Xabarda keltirilishicha, ayni paytda O‘zbekiston hududida amerikaliklar yoki AQSh manfaatlariga tahdidlar mavjudligi to‘g‘risida hech qanday axborot yo‘q.

Hodisa munosabati bilan AQSh elchixonasi mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikda tergov ishlarini olib bormoqda.

Top