17:58 / 29.09.2015
2596

Auktsionda 110 yoshli elektrokar sotildi

Bonhams auksionida 1905 yilda Daniyada ishlab chiqarilgan va yagona nusxada saqlanib qolgan Woods Electric Style 214A Queen Victoria Brougham elektokari sotildi. Avtomobil uchun 632,5 ming daniya kronasi (94,5 ming dollar atrfoida) pul to‘lashdi.

Mashinani 1899 yilda Chikagoda asos solingan Woods Motor Vehicle Company kompaniyasi ishlab chiqargan edi. Model 1179 kilogramm bo‘lib, soatiga 48 km tezlikda harakatlangan. 110 yil avval ushbu mashinalar 3 ming AQSh dollari miqdorida turgan.

Woods kompaniyasi har yili 500 ga yaqin elektrlashtirilgan mashina chiqargan. 1916 yilda raqobatchilaridan ancha kech benzinli va gibridli mashinalar chiqaradi. Ikki yildan so‘ng esa firma kasodga uchraydi.

Top