08:41 / 29.09.2015
1870

Bag‘dod markazida ro‘y bergan portlash natijasida 4 kishi halok bo‘ldi

Iroq poytaxti Bag‘dod shahri markazida ro‘y bergan portlash natijasida eng kamida 4 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Reuters.

Portlovchi qurilma savdo tumanidagi avtomobillar to‘xtash joyiga qoldirib ketilgan mashinaga o‘rnatilgan edi.

Qayd etilishicha, hodisa sodir bo‘lgan joy yaqinida poytaxtdagi eng gavjum va baland inshootlaridan biri – Ishtar Sheraton mehmonxonasi joylashgan.

Hozircha mintaqadagi birorta ham terroristik guruh qo‘poruvchilik uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Top