10:11 / 29.09.2015
2069

"Barselona" Messining jarohati tufayli 4-4-2 sxemasida o‘ynay boshlashi mumkin

"Barselona" jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike jamoaning asosiy hujumchisi Lionel Messining jarohatlangani tufayli 4-4-2 sxemasi joriy qilinishi mumkinligi haqida aytdi.

Bundan oldin, murabbiy Messining 8 hafta muddatga safdan chiqqaniga qaramasdan jamoa 4-3-3 sxemasida o‘ynashda davom etishi haqida aytib o‘tgandi. U ushbu uslubda Messining o‘rniga Munir harakatlanishini bildirgandi.

El Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, ayni paytda jamoada Messidan tashqari 2 nafar kuchli hujumchi bor: Suares va Neymar. Keyingi 2 oy davomida aynan shu futbolchilarga tayanilgan holda jamoa o‘yini shakllantiriladi.

Nashrda aytilishicha, Enrike maydon markazida Xaver Maskerano hamda Serji Busketsni birgalikda o‘ynatish, Rakitich va Inestaning qanotlarga yaqinroq qo‘yish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

Biroz oldinroq, Messining "Real"ga qarshi 21 noyabr kuni o‘tkaziladigan "el-klasiko" bahsigacha to‘liq sog‘ayishi haqida ma'lum qilingandi.

Top