10:55 / 29.09.2015
8131

BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohidan fotoreportaj

Nyu-Yorkning Manhetton orolidagi BMT bosh qarorgohi, bu – xalqaro hudud hisoblangan, umumiy maydoni 70 ming kvadrat metrdan ortiq bino kompleksidir.
Qariyb 200 mamlakat yetakchilari har yili Bosh Assambleyaga tashrif buyuradigan mazkur maskandan Reuters agentligi fotografi Mayk Segar (Mike Segar) BMT bosh qarorgohi ichkaridan qanday ko‘rinishi haqida material tayyorladi.


Bosh Assambleya binosiga asosiy kirish qismi.


Nyu-Yorkning Manhetton orolidagi BMT bosh qarorgohi uzra Quyosh ko‘tarilmoqda.


BMT bayrog‘i Kotibiyat binosi bo‘ylab hilpiramoqda.


Bosh Assambleya zali.


BMT Xavfsizlik kengashi raisining majlislar zaliga o‘rnatilgan aylana stoldagi bolg‘asi.


Diplomat Bosh Assambleya zali qatorida joylashgan dam olish xonasiga yo‘l olmoqda.


Kotibiyat binosi tomidan Ist-River daryosi ustidan o‘tgan Kuinsboro ko‘prigining ko‘rinishi.


Bosh Assambleya zalidagi kabinada xitoylik tarjimon-sinxronist ish ustida.


Kotibiyat binosidagi ikki davlat rahbari uchun kursilar.


Dam olish xonasidagi diplomatlar uchrashuvi.


Qo‘riqchi Kotibiyat binosi tomida navbatchilik qilmoqda.


Vestibyuldagi Sobiq Ittifoq sun'iy yo‘ldoshi maketi.


Diplomatlar Kotibiyat binosida.


Bosh Assambleya zalidagi vakil stolida sinxron tarjima uchun quloqchinlar.


Ma'lumotxona.


Bosh Assambleya binosi yaqinida stvoli o‘rab tashlangan .357 Magnum kalibrli Colt Python to‘pponchaning bronza haykali.


Bosh Assambleya zali.


Bosh Assambleya zalidagi spikerlar uchun mo‘ljallangan xonadagi soat.


Diplomatlar delegatlar uchun mo‘ljallangan ikkinchi qavatdagi dam olish xonasida soqchi bilan suhbatlashmoqda.

Top