19:02 / 29.09.2015
2619

Bag‘doddagi “IShID”ga qarshi kurashish axborot markaziga rossiyalik mutaxassislar yetib keldi

Bag‘dodga Rossiya, Iroq, Suriya va Eron bilan birgalikda “IShID” terrorchilik guruhiga qarshi kurashish uchun yaratilgan axborot markazida ishlash uchun 6 nafar rossiyalik harbiy yetib keldi. Bu haqda Iroq parlamenti xavfsizlik va mudofaa qo‘mitasi boshlig‘i Hakim az-Zamliyga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Bag‘dodga 6 nafar rossiyalik mutaxassis yetib keldi. Ular yig‘ilish o‘tkazdilar, yig‘ilishlar hozir ham davom etmoqda. Axborot almashinmoqda, biz bu koalitsiyaga kiruvchi davlatlar manfaatiga mos keluvchi natijalarga erishilishiga umid bildiramiz”, deb aytdi Az-Zamliy.

Shuningdek, Bag‘dodga 6 nafar eronlik harbiy ham kelgan, Suriyadan ham 6 nafar mutaxassis kelishi kutilmoqda.

Avvalroq Iroq, Suriya, Eron va Rossiya o‘rtasida razvedka ma'lumotlari bilan almashishga ixtisoslashgan Bog‘doddagi axborot markazi o‘z ishini oktabr-noyabr oylaridan boshlashi ma'lum qilingandi.

Top