00:04 / 29.09.2015
3618

Eron prezidenti Saudiya Arabistoni hukumatini hajni tashkil qilishda uquvsizlikda aybladi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy BMT Bosh assambleyasining 70-sessiyasidagi nutqini Makkada haj davomida halok bo‘lganlarning xotirasini yod etish bilan boshladi.

Ruhoniyning aytishicha, halok bo‘lganlar “haj uchun javobgar bo‘lganlarning ma'suliyatsizligi va uquvsizligi qurbonlari bo‘ldilar”.

"Uquvsizlik va haj jarayonini boshqarishning yo‘qligi Saudiya Arabistonida yuzlab ziyoratchilarning o‘limiga olib keldi”, deb ta'kidlab o‘tdi Ruhoniy. Uning aytishicha, hanuzgacha ko‘pchilik jasadlarning shaxsi aniqlanmagan, ko‘pchilik bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda. Ruhoniyning aytishicha, Saudiya Arabistoni “butun dunyodan kelgan ziyoratchilarning xavfsizligi ta'minlash bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini eplay olmadi”.

Ruhoniy yuz bergan fojiani mustaqil tergov qilishga chaqirdi hamda Saudiya Arabistonidan Eron vakillari Makkaga kelib, bedarak yo‘qolgan fuqarolarining taqdirini bilishda ularga konsullik xizmatlarini taqdim qilishni talab qildi.

Oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, Mino vodiysida halok bo‘lgan eronlik ziyoratchilarning soni 226 nafarga yetdi.

Top