23:57 / 29.09.2015
4158

Fransiya Rossiyani “IShID”ga qarshi avizarbalar berishga chaqirmoqda

Fransiya tashqi ishlar vaziri Loran Fabius Rossiya “IShID”ga qarshi aviazarbalar berish o‘rniga, faqatgina unga qarshi kurashishni muhokama qilishdan boshqasiga o‘tmayapti, deb aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

“Jahon hamjamiyati “IShID”ga qarshi zarba berdi. Fransiya “IShID”ga qarshi zarba berdi, Bashar Asad ozgina miqdorda, Rossiya esa hech qanday zarba bermadi. Shunday ekan, kim nima qilayotganiga bir qarab qo‘yilsa yaxshi bo‘lardi”, deb aytdi Fabius.

Fabiusning aytishicha, Rossiya “IShID”ga qarshi “mediazarbalardan” ko‘ra uning pozitsiyalariga qarshi haqiqiy zarbalar berishni boshlashi yaxshiroq bo‘lardi.

Fabius “agar Rossiya terrorchilarga qarshi bo‘lsa, unda ularga qarshi aviazarbalar berishi mutlaq tabiiydir”, deb ta'kidlab o‘tdi.

Top